05.02.2022 580

Universitet Professor, o‘qituvchi va xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor bugun O‘zJOKU da professor-o‘qituvchilar va xodimlar bir necha sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Barcha sport turlari bo’yicha g’oliblar aniqlandi va natijalar quyidagicha:

 

Ayollar o‘rtasida badminton bo‘yicha:

1-o‘rin: Nazira Toshpo‘latova;

2-o‘rin: Gulnora Zakirova;

3-o‘rin: Muhayyo Maqsudova;

 

Ayollar orasida stol tennisi bo‘yicha:

1-o‘rin: Durdona Abdurasulova;

2-o‘rin: Sohiba Mullayeva;

3-o‘rin: Sadoqat Maxsumova;

 

Erkaklar orasida stol tennisi bo‘yicha:

1-o‘rin: Fozil Tovobov;

2-o‘rin: Alisher Mira’zamov;

3-o‘rin: Ravshan Rayimjonov;

 

Shaxmat sport turi bo‘yicha:

1-o’rin: Yoqutxon Erkaboyeva;

2-o‘rin: Abdulboqi Bozorov;

3-o‘rin: Akbar Nurmatov.

 

Shuningdek, voleyboldan dekanatlar va tyutorlar jamoasi o‘zaro bellashib, tyutorlar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz barcha sport turlari bo‘yicha g‘oliblarga 1-o‘rin uchun 500 000 (besh yuz ming) so‘m, 2-o‘rin uchun 300 000 (uch yuz ming) so‘m va 3-o‘rin uchun 200 000 (ikki yuz ming) so‘m pul mukofoti belgilangan.

G‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz. Bugungi ajoyib kun uchun tashkilotchi bo‘limlarga, tashabbus uchun esa universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘jaga butun jamoa nomidan minnatdorchilik bildiramiz!

Bugungi faol sportchilarimiz va barcha universitet xodimlari musobaqa so‘ngida ajoyib palov bilan mehmon qilindi!

Bo'lishmoq: