15.02.2023 234

Universitet prorektorlari va Internet jurnalistika va mediamenejment fakulteti dekani bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Kecha universitet prorektorlari va Internet jurnalistika va mediamenejment fakulteti dekani tomonidan ushbu fakultet talabalari uchun ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ochiq muloqot qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Fakultet talabalari yaqinda qad ko‘targan ARMning yangi binosidagi shart-sharoitlar, adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmari, shuningdek, o‘z anchadan beri izlayotgan, ammo topa olmayotgan sohaga oid adabiyotlarning ushbu maskanda borligidan minnatdorchilik bildirishdi.

Eng yaxshi savol va taklif egasi 3-bosqich talabasi Xo‘jayeva Hulkaroyga “Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni” munosabati bilan “Zamonaviy Amerika romanlari” asari sovg‘a qilindi.

Bo'lishmoq: