03.06.2021 601

Universitet yangi g‘oyalarni qo‘llab quvvatlashga tayyor!

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja universitetning yana bir kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazdilar. Yig‘ilishda kafedra o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatni oshirish, sohaga oid kitoblar chop etish, ayniqsa, sport jurnalistikasi bo‘yicha qo‘llanma va darsliklar sonini kopaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, soha bo‘yicha adabiyot va o‘quv qo‘llanmalari asosan rus va ingliz tilida ekani, shu bois o‘zbek tilidagi darsliklarni ishlab chiqish har qachongidan ham dolzarb masala ekaniga urg‘u berildi. Universitet bu masala yuzasidan barcha takliflarga ochiqligi va g‘oyalarni moddiy tarafdan qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani bildirildi.

Bo'lishmoq: