2021-yilning 20-may kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (Dsc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mustaqil tadqiqotchisi Saidov Halim Amanovichning ilmiy ishi 2020-yilning 25-dekabrida ilmiy seminarda himoyaga tavsiya etilgan edi. Dastavval, tadqiqotchining “Jamiyatning demokratlashuvi jarayonida axborot janrlarining rivojlanish omillari” mavzusidagi dissertatsiyasi taqdimoti tinglandi, soʻngra yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tadqiqotchining ishiga berilgan taqrizlar mazmuni bilan tanishtirildi.
Oʻzbekiston xalqi istiqlolga erishgach, mustaqillikni mustahkamlash, inson manfaatlari va huquqlari himoya qilingan, iqtisodi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan munosib oʻrin olishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygani, bunday jamiyatning shakllanishida ommaviy axborot vositalari faoliyati va ular tarqatayotgan axborotning oʻrni, matbuot nazariyasi, axborot janrlari taraqqiyoti, demokratlashuvi jarayonida axborot janrlarining oʻziga xos xususiyat kasb etishi, axborotning davlat va jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etish omillari, jahon hamjamiyatida geosiyosiy manfaatlar va axborot xolisligi muammolari, milliy jurnalistika axborotning qanday yoʻllarini bosib oʻtganligini tahlil qilish, jurnalistikada janr tushunchasi, mazkur janrlar taraqqiyotiga xizmat qiladigan ixtisoslashish va tahrir muammolarini aniqlashga bagʻishlangan dissertatsiya ishi himoyasi qizg‘in baxslarga ham sabab bo`ldi.