31.08.2022 1089

Universitetga 100 million so‘mlik grant taqdim etildi

Kuni kecha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining bir guruh xodimlari Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori — Nozima Muratova boshchiligida Jalinga.uz sayti imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Respublikamizda mashhur MFaktor loyihasi bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini olib borayotgan mazkur yangi sayt mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining o‘qitish tizimiga innovatsion yondashuvni qo‘llab-quvvatlashga yordam berishni maqsad qilgan. Loyiha tashkilotchilari bilan bo‘lgan uchrashuvda Jalinga.uz va uning imkoniyatlari universitetlar uchun manfaatli tomonlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. 100 million so‘mlik grant doirasida tashkilotchilar tomonidan mazkur grantni yutib olgan universitet o’qituvchilariga 20 soatlik video darslarni yozish, texnik vositalar bilan ta’minlash, undan foydalanishni o‘qituvchilarga o‘rgatish, video darslarni yozish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi tushuntirildi.

Bo'lishmoq: