12.10.2020 2288

Universitetga marhamat, aziz 1-kurs talabalari!

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tantanali bayram bo‘lib o‘tdi. Universitetning "Bosma OAV" va "Sport jurnalistikasi" yo'nalishlariga qabul qilingan talabalar ilk marotaba talaba sifatida o‘qishga kelishdi.

Tadbirni universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev ochib berdi. O‘z nutqlarida jurnalistika sohasining jamiyatdagi o‘rni, ahamiyati, qolaversa rivojlanish tendensiyalari haqida alohida gapirib o‘tdilar.

"Sizlar tanlagan jurnalistika bu – jasorat va shijoat degani, jurnalistika bu katta mehnat va doim xarakat degani, jurnalistika bu to‘g‘ri so‘z degani, jurnalistika doim o‘zini ustida ishlash va o‘qib-o‘rganish degani, jurnalistika bu tinmay izlanish degani, jurnalistika bu yangilikka intilish, jurnalistika bu tanqidiy fikrlash degani, jurnalistika bu ijodkorlik va kreativlik degani", - dedi Sherzodxon Qudratxo‘jayev. - "Siz, aziz talabalarni, oldinda qiziqarli darslar kutmoqda. Biz eng kuchli mutaxassislarni jalb qilganmiz. Qolaversa, yaqinda Deutschewelle bilan hamkorlikda qurib bitkazilgan tele- va radiostudiyalarimiz tajriba orttirishingizga yaxshi imkoniyat yaratadi".

Tadbirdan keyin talabalarda dars boshlandi. Birinchi para universitet bilan tanishish darsi bo‘ldi. Dars davomida talabalarga universitet qadriyatlari va onlayn platformada ishlash bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Bo'lishmoq: