08.04.2021 1318

“Urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi

9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov ijodning quyidagi yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:

  1. Rangtasvir;
  2. Rassomchilik;
  3. Grafika;
  4. Haykaltaroshlik;
  5. Xalq amaliy san’ati;
  6. Bayon;
  7. Insho;
  8. Esse;
  9. Hikoyalar.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari; Oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari; san’at maktablarining o‘qituvchilari; Madaniyat vazirligi; O‘zbekiston badiiy akademiyasi; O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; Xalq ta’limi vazirligi; O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti; “Hunarmand” uyushmasi a’zolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov boshlanishidan 30 kun oldin “G‘alaba bog‘I” yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:

  • tanlovda ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume);
  • pasport (ID-karta) nusxasi;
  • ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
  • o‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma’lumotnoma;
  • 3x4 sm o‘lchamdagi 1 ta va 9x12 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
  • tanlovda ishtirok etayotgan tomonidan yaratilgan, badiiy hamda badiiy bezak, mantiqiy jihatdan to‘liq yakunlangan ijod namunasi (asar);
  • asarning orqa tarafiga muallifning ismi va sharifi, manzili, asarning nomi yozilib, yozma ijodiy ishlar konvertda ismi-sharifi, manzili yozilib, tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi;
  • tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy muddatda ishlar qabul qilinadi;
  • ishtirokchilar va taqdim etilgan ishlarning soni cheklangan. 1ta ishtirokchi tanlovga birdan uchtagacha bo‘lgan turli yo‘nalishlardagi ishlarni birlashtirgan holda 1 ta ariza bilan berishi mumkin;
  • tanlov qatnashchilari mustaqil ravishda “G‘alaba bog‘I” yodgorlik majmuasiga, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy manzili bo‘yicha “tanlovga” degan belgi va ushbu Nizom ilovasiga muvofiq rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari mumkin;
  • Tanlov haqida ma’lumotlar, uning jarayoni va yakuni Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti tomonidan “Vatanparvar” gazetasida, Mudofaa vazirligining uz, Shon-Sharaf.uz, (Facebook, Twitter, Youtube, Mytube.uz va h.k) va boshqa ijtimoiy tarmoqlar, saytlarda e’lon qilinib, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi va yoritiladi.
  • Tanlovda 1 ta Gran-pri, 1ta - I o‘rin, 2ta - II o‘rin, 3ta - III o‘rin, 10 ta rag‘batlantiruvchi mukofotlar belgilanadi:

Gran-pri – 55 dyumli televizor;

I o‘rin – 49 dyuymli televizor;

II o‘rin – notebook;

III o‘rin – planshet.

Ishtirokchilarga belgilangan namunadagi diplomlar topshiriladi.

Bo'lishmoq: