Xabaringiz bor o‘tgan haftada O‘zJOKU o‘z talabalari uchun vaksinatsiya uyushtirgan va kun davomida talabalarni o‘zlari tanlagan vaksina turlari bilan emlashni tashkil qilgan edi.
Universitet talabalarining barchasini bir kunda emlashning iloji bo‘lmagani bois, vaksinatsiya ertasi kuni ham davom etdi va jarayonda 200 ga yaqin talaba va xodimlar COVID 19 virusiga qarshi vaksina qabul qilishdi.
Talabalar o‘z tanlovlari va shifokorlar taklifiga ko‘ri turli vaksinalar: O‘zbekiston-Xitoy, AstraZeneca, Moderna vaksinalari bilan emlanishdi. Vaksina qabul qilingandan keyin nojo‘ya holatlar deyarli kuzatilmadi, ba’zi talabalarda isitma ko‘tarilishi bo‘ldi va ularga birinchi yordam ko‘rsatildi.
Vaksinatsiyadan so‘ng oradan 3 kundan ortiq vaqt o‘tdi va hozirda vaksina qabul qilganlarning barchasi o‘zlarini juda yaxshi his etishmoqda.
Barchaga sog‘lik tilagan holda, vaksina olmaganlarga “Vaksina oling va hayotning sog‘lom tarafida bo‘ling” deb qolamiz!