07.09.2019 2125

"Voice of America" vakillari universitetimizda mehmon bo‘ldi

4-sentyabr kuni "Voice of America" (Amerika ovozi) vakillari universitetimizda mehmon bo‘ldi.
 
Tashrif buyuruvchilar universitet bo‘ylab sayohat qilishdi va talabalar bilan soha doirasida qizg‘in suhbatda bo‘lishdi. "Jurnalistlar orasida eng mehnatkashi, sohasini sevganigina haqiqiy jurnalistdir" deydi o‘z hayotiy tajribasidan kelib chiqib Navbahor Imomova. Shuningdek jurnalistikada ixtisoslashish, hali hech kim qo‘l urmagan mavzularni yoritish kerakligi suhbatning asosiy mavzusi bo‘ldi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonlarga yuzlandilar va zamonaviy jurnalistika va hayotimizdagi dolzabr muamolar haqida mehmonlarning fikrlarini bilib olishdi.
 
Navbahor Imomova, Amerika Ovozi jurnalisti.
 
Inna Dubinski, AQSh Global Media Agentligining Trening Menejeri.  Joan Mauyer, AQSh Global Media Agentligining Taraqqiyot va Biznes Hamkorlik bo‘yicha rahbari.
 
Bo'lishmoq: