Joriy yilning 25-26 fevral kunlari Yoshlar ijod saroyida "Ta’lim va mutaxassislik" XXII xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston, Yevropa, Osiyo va Rossiya davlatlarining 35 dan ortiq OTM va 40 dan ortiq o‘quv markazlari ishtirok etdi. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ham ko‘rgazmada munosib ishtirok etdi. Tashrif buyuruvchilarning aksariyati abituriyentlar, talabalar, maktab o'quvchilari va ularning ota-onalari edi.
Ko‘pgina abituriyentlarning e’tiborini aynan O‘zJOKU jalb qildi. Ma’lumki, yosh avlod vakillari o‘z vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadilar: u yerda o‘z postlarini qoldiradi. Bu, o‘z navbatida, jurnalistikaning dastlabki bosqichlaridan biridir. Binobarin, bu sohada qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda.
Ko‘rgazmaning maqsadi — abituriyentlarga kelajakda o‘z mutaxassisliklarini tanlashda yordam berish, xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlarini o'qitish usullari bilan tanishish.
Mazkur tadbirda jurnalistika universiteti vakillari maslahatlar berdilar va turli tanlovlar o‘tkazdilar.
Mazkur ko‘rgazma O'zbekistonda 2005 yildan buyon o‘tkazilib, 2011 yildan boshlab tadbir yiliga ikki marta tashkil etiladi. Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma savdo-sanoat palatasi, oliy va o‘rta ta’lim vazirligi hamda "Expocontact" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan.