19.12.2022 221

“Wenhui” mukofotiga tanlov eʼlon qilindi

YUNESKO “Wenhui” mukofotiga tanlov eʼlon qilinganligini maʼlum qiladi.

YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy taʼlim byurosi 2022-yil uchun “Taʼlimni qayta tiklash uchun taʼlim innovatsiyalari” mavzusida “Wenhui” mukofotiga tanlov eʼlon qilinganligini maʼlum qiladi. Mukofot Osiyo va Tinch okeani mintaqasida YUNESKOga aʼzo davlatlar fuqarolari (2 nafar) yoki tashkilotga taʼlim innovatsiyalaridagi ilgʻor yutuqlari uchun beriladi. Mukofot miqdori 20 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.

Mukofotga nomzodlik shaklini toʻldirishda quyidagi hujjatlarga eʼtiborli boʻlish zarur:
1. Konsepsiya;
2. Nomzodlik shakli;
3. Innovatsiyalar xulosasi uchun shakl;
4. Tez-tez soʻraladigan savollar.

Bundan tashqari, mukofotga daʼvogarlik qilayotgan nomzod quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:
— Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi YUNESKOga aʼzo davlatlar fuqarolari boʻlishi;
— XXI asrda taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarga mos keladigan hamda taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan innovatsion amaliyotlar ishlab chiqqan va joriy qilgan boʻlishi;
— Nomzodlarning innovatsiyalari Osiyo va Tinch okeani mintaqasida taʼlim imkoniyatlari va sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan boʻlishi;
— Taʼlimni ommalashtirish, taʼlim sifatini oshirish va taʼlimni ragʻbatlantirishga qatʼiyatli munosabatda boʻlishi va h.k.

Ariza beruvchilar barcha talab qilinadigan materiallarni “Wenhui” mukofoti kotibiyati elektron manziliga (Wenhui.Award@unesco.org) 2023-yil 27-yanvar 24.00 ga qadar (Bangkok vaqti (UTC+7) taqdim etishlari lozim.

Tanlov toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni quyidagi veb-sahifa orqali olishingiz mumkin:
https://bangkok.unesco.org/content/wenhui-award-2022-callapplications-nominations-educational-innovations-learning-recovery-unesco

Tanlovda ishtirok etishni istagan talabalar O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Bo'lishmoq: