27.02.2023 435

“Wikistipendiya” marafoni g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Wikistipendiya” marafoni g‘oliblari aniqlandi.

Tadbirda universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, o‘zbekcha Vikipediya administratorlari, taniqli suxandon Jamshid Umirzoqov hamda talabalar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda yaxshi natijalar qayd etgan jami 8 nafar marafon qatnashchisi mukofotlandi. G‘oliblarga mos ravishda pul mukofotlari topshirildi.

1-o‘rin uchun 10 million so‘m;

2-o‘rin uchun 5 million so‘m;

3-o‘rin uchun 3 million so‘m.

Shuningdek, kuchli to‘rtlikka kirgan har bir ishtirokchiga 1 million so‘mdan pul mukofotlari, diplom va sertifikatlar ham berildi.

Eng muhimi, O‘zJOKU talabalari may oyining oxiriga qadar  Vikipediyaga universitet nomidan  maqolalar sonini 5 mingtaga yetkazishadi.

Bo'lishmoq: