Turkiy davlatlar tashkiloti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Turkiy davlatlar geografik Kengashi hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy konferensiya o'z yakuniga yetdi.
2023-yil 5-6 dekabr kunlari "International hotel Tashkent" mehmonxonasida tashkil etilgan tadbirda 50 dan ortiq xorijiy va yurtimiz olimlari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Ilmiy anjuman ko'p bahsli munozalarga sabab bo'ldi.
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan Istanbul tijorat universiteti tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Xalqaro ilmiy yig'in davlat va nodavlat telekanallarda, internet nashrlarda, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borildi.