02.07.2020 1944

2-iyul - Xalqaro sport jurnalistlari kuni!

Bugun Xalqaro sport jurnalistlari kuni ekanligidan xabardormisiz? 1995-yilning aynan shu sanasidan etiboran har yili xalqaro miqyosda sport jurnalistlari kuni keng nishonlab kelinadi.

Bu sananing o‘ziga yarasha kichik bir tarixi bor. 1924-yil 2-iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida Xalqaro sport jurnalistlari assotsatsiyasi tashkil etilgan edi. Qariyb bir asr avvalgi kun tarixi keyinchalik kasb bayrami sanasi sifatida qabul qilinishiga zamin yaratgandi.

Fursatdan foydalanib, yurtimizda sport jurnalistikasi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hamda O‘zJOKUning "Sport jurnalistikasi" yo‘nalishida tahsil olayotgan barcha talabalarimizni bugungi kasb bayramlari bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik va omad tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: