02.12.2022 261

Xalqaro strategik kommunikatsiyalar sammiti 2022

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja Turkiya Kommunikatsiyalar departamenti tomonidan Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan “Noaniqlik davrida strategik kommunikatsiya” mavzusidagi katta Sammitda ishtirok etmoqdalar.

Sammitda ishtirok etish uchun 150 ga yaqin davlatning kommunikatsiya hamda tegishli yuqori darajadagi muassasa va tashkilotlaridan vakillar taklif etilgan.

Bir necha yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan ushbu Sammitda bu yil jamoatchilik, hukumat, davlat aloqalari fonida strategik kommunikatsiya, axborot urushlari va dezinformatsiyaga qarshi kurash mavzulariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bo'lishmoq: