13.12.2022 348

Xattotlik san’ati bo‘yicha mahorat darsi

Bugun 1-bosqich talabalariga uzoq yillardan buyon xattotlik san’ati bilan shug‘ullanib, uning sir-asrorlarini shogirdlariga o‘rgatib kelayotgan Habibullo Solih xattot mahorat darsini o‘tib berdi.

Tarixan kelib chiqishi arab yozuvi shakllangandan boshlab yuzaga kelgan ushbu san’at turi nafisligi bilan ajralib turishi xattot tomonidan aytib o‘tildi.

Bundan tashqari ushbu sohani o‘rganish uzoq vaqt talab qilmasligi, insonning o‘zida qiziqish bo‘lsa 1 oyda yaxshi xattot bo‘lib yetishi ta‘kidlandi.

Ochiq dars jarayonida talabalar Habibullo Solih domladan xattotlik san’ati bilan birga o‘zlari uchun muhim ma’naviy bilimga ham ega bo‘lishdi.

Bo'lishmoq: