Ma’lumki, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja bir vaqtning o‘zida O’zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi raisi bo‘lish bilan birga, Xalqaro Kurash Assotsatsiyasi vitse-prezidenti hamdir.
Hozirda professor Kurash bo‘yicha Xalqaro Kongressda ishtirok etish uchun Hindistonning Puna shahriga bo‘lib turipti.
Bugun Puna shahrida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining Ijroyiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bugundan Punada Kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida XIII jahon chempionati va Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining XIX Kongressi o’z ishini boshladi.
Yig‘ilishning muhim yangiliklardan biri — O‘zbekiston sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramovni Kurash xalqaro tashkilotining birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylash bo‘lishi kutilmoqda.