21.06.2019 1305

Xitoy kommunikatsiyalar universiteti magistri bo'lishni ISTAGANLAR diqqatiga!!!

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Xitoy kommunikatsiya universiteti o’rtasida imzolangan o’zaro hamkorlik memorandumi va izchil davom etayotgan aloqalar doirasida yangi 2019-2020- o’quv yilda Xitoy kommunikatsiya universiteti xorijiy talabalar uchun magistratura bosqichiga grant dasturini e'lon qildi.

Ta'lim yo’nalishi: Radio va televidenie
Ta'lim davomiyligi: 2 yil
Ta'lim tili: ingliz tili (IELTS sertifikati talab etilmaydi)

Talab etiladigan hujjatlar: fuqarolik passporti, bakalavr diplomi, professor o’qituvchilar tomonidan berilgan 2 ta tavsiyanoma ( ingliz tilida)

O’qitiladigan fanlar:
1. Film va TV dizayn
2. Dasturiy ta'minot
3. Hujjatli film yaratish
4. Virtual studiya yaratish
5. Yangi media texnologiya
6. Chiroq ustasi
7. Televizion studiya texnologiyasi (Mazkur fanlarni tanlash ixtiyoriy va smester oxirida tanlangan fanlardan imtihon topshiriladi).


Yaratilgan qulayliklar: Stipendiya va yotoqxona


Batafsil ma'lumot uchun www.csc.edu.cn/sudyinchina saytiga va UzJOKU Xalqaro hamkorlik bo’limi xodimi Mukarram Otamurodavaga quyidagi telefon raqami va elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Telefon raqami: +99871 2070906 e-mail: journalism.univer@gmail.com

Fotograf: Doniyor Shog'ulomov

 

Bo'lishmoq: