02.03.2022 505

Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning fevral-mart oylarini “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilib, mazkur tadbir doirasida “8-mart.adliya.uz” saytida xotin-qizlar uchun umummilliy imtihon o‘tkazishni rejalashtirgan. Barcha xotin-qizlar ushbu imtihonda faol ishtirok etishlari tavsiya etiladi.

Bo'lishmoq: