Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 17-21-oktyabr kunlari O‘zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi hamkorligida “Yangi media jurnalistikasi” mavzusida o‘tkaziladigan o‘quv seminarini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida O‘zJOKU rektori, O‘MMA boshqaruv raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda assotsiatsiya mas’ullari, TIKA raisi o‘rinbosari Nesrin Özsaraç, TRT O‘zbekiston Vakolatxonasi raisi va TRT ma’ruzachilari ishtirok etdilar.
Turkiyalik ma’ruzachilar bugungi treningni “İjtimoiy tarmoqlarga kirish” hamda “Raqamli mediada dizaynning ahamiyati” mavzularida olib bordilar.
Treningda O‘zJOKU va O‘MMA a’zolaridan tashkil topgan 36 kishilik jamoa ishtirok etib, mavzular yuzasidan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Trening yanada qiziqarli va muhim mavzular doirasida o‘z ishini hafta oxiriga qadar davom ettiradi.