24.09.2020 1055

Yangi onlayn-tanlovga start berildi!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-va 3-kurs talabalari o‘rtasida "Ustozim-sizga ta’zim" nomli onlayn-tanlovini e’lon qiladi!

Materialingizni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: pressservice.jmcu2018@gmail.com

  • Tanlov talablari:
    - Jurnalistik material audio yoki video ko’rinishida taqdim etilganligi;
    - Jurnalistik material o‘zbek, rus yoki ingliz tilida tayyorlanganligi;
    - fikr to‘liq va ravon bildirilganligiga ahamiyat qaratish kerak.

Ushbu tanlovga 23-sentyabr kuni start berildi. Shu yilning 29-sentyabr soat 23:50 gacha materilallar qabul qilinadi, va g'oliblar 30-sentyabr kuni universitetda bo‘lib o‘tadigan tadbirda tantanali taqdirlanadi.

Eng yaxshi videomaterial uchun:
1-o‘rin: 1 000 000 so‘m
2-o‘rin: 750 000 so‘m
3-o‘rin: 500 000 so‘m

Eng yaxshi audiomaterial uchun:
1-o‘rin: 1 000 000 so‘m
2-o‘rin: 750 000 so‘m
3-o‘rin: 500 000 so‘m

Tanlovda ishtirok etgan qolgan talabalar esa esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Bo'lishmoq: