Shu yilning 22 dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Yoshlarning ushbu muhim kunda munosib ishtirok etishlari ularning siyosiy hayotdagi kelajagiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Biz ishonch bilan aytolamizki, O‘zbekiston jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ushbu jarayonda anchayin faol. Bunga talabalarning siyosiy debatlardagi ishtiroki, kreativ maqolalarni tayyorlash mahorati yaqqol misol bo‘la oladi. Universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Zilola Abduqaxxorova ham O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Toshkent shahar deputatligiga nomzod sifatida taqdim etildi.
Keling, birgalikda faol yoshlarni va bizning nomzodimiz, Zilola Shuhratovnani qo‘llab-quvvatlaymiz. Axir bizning yurtimizga aynan o‘z davlatini yaxshi tomonga o‘zgartirish xohishi bor insonlar kerakdir!
Zero,biz birgalikda katta kuchmiz!