14.11.2020 2345

Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash

“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri 1-sektorda joylashgan “Madaniyat” mahallasida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi M.Mirkasimov so‘zga chiqib, ushbu tadbirning maqsadi fuqarolarimizga yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, imkoniyatlarni targ‘ib qilibgina qolmay, hozirgi og‘ir davrda fuqarolarimizning kayfiyatlarini biroz bo‘lsada ko‘tarish ekanligini aytib o‘tdi.

Tadbir davomida, mahalladagi bir guruh nuroniylar, o‘z kasbining fidoyilariga tuman hokimining tashakkurnomalari topshirildi.

Tumandagi 28-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri davomida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kafedra mudiri Shaxnoza Taylakova va musiqa maktabi yoshlari tomonidan tayyorlangan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dastur namoyish qilindi.

Bo'lishmoq: