Kuni kecha “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar” fakulteti dekani Otabek Yo‘ldashev tomonidan “Konstitutsiya barchamizniki!” shiori ostida yangilanayotgan Konstitutsiya va undagi o‘zgarishlar, har bir modda va normalardagi yangiliklar, shu jumladan, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendum bo‘yicha targ‘ibot-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida Konstitutsiyaning yangi tahriridagi har bir modda, ayniqsa ijobiy o‘zgarishlarning barchasi inson qadri, jamiyat osoyishtaligi, xalq faravonligi va yurt tinchligi yo‘lida ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.