26.01.2023 211

Yaponiyada tahsil olish uchun dastur

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining ma’lumotiga muvofiq, Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan 2023-yilda o‘quv dasturlarida tahsil olish va malaka oshirish uchun quyidagilarni e’lon qiladi:

— “Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;
— “Boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot dasturi”.

Mazkur dasturlar doirasida xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 1-fevralgacha.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar mustaqil ravishda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining veb-saytida (http://www.uz.embjapan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3) batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi lozim.

Bo'lishmoq: