15.11.2021 499

“Yashil makon” aksiyasida O‘zJOKU ham ishtirok etdi!

Xabaringiz bor, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish, shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yigilish davomida “dolzarb 40 kunlik” nomli aksiya e’lon qilingan edi.

14-noyabr kuni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ham ushbu aksiyada faol qatnashib, aksiyaga uzining munosib hissasini qo‘sha oldi, deb ayta olamiz. Universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja boshchiligida oliygohning 20 dan ortiq xodimlari ko‘chat ekishdi.

Shu bilan birga, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimov hokimiyat xodimlari bilan aksiyada faol qatnashdi. Kelgusida Yunusobod tumanining boshqa hududlarida ham ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejasi ilgari surildi.

Ma’lumot uchun: Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali shaharlardagi shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

Bo'lishmoq: