29.10.2022 434

“Yashil makon” ilmiy-ommabop jurnalining tantanali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo’jaligi Davlat qo‘mitasi ta’sischiligida tashkil etilgan “Yashil makon” ilmiy-ommabop jurnalining tantanali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jurnal taqdimotida O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ham ishtirok etib, ushbu yangi loyiha bilan jurnal asoschilarini samimiy qutladilar.

“Yashil makon” ilmiy-ommabop jurnalining ilk soni — o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etilgan bo‘lib, unda rektorimiz Sherzodxon Qudratxo‘janing maqolalari bilan ham tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘zJOKU jamoasi nomidan jurnalning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: