Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja universitetning “Raqamli media va internet jurnalistika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan yig‘ilish o‘tkazdilar. Yig‘ilishda o‘qituvchilarning ilmiy-amaliy faoliyatlari bilan birgalikda talabalar uchun kafedra tomonidan ta’lim tizimida yaratilishi kerak bo‘lgan yangi o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, o‘rgatilishi lozim bo‘lgan mavzular va albatta, ular uchun yangi imkoniyatlar haqida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Professor o‘qituvchilar ham tizim haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib yechilishi kerak bo‘gan masalalar yuzasidan zarur tavsiyalarni oldilar. Taklif etilgan g‘oyalar bo‘yicha tez kunda universitet talabalarini ajoyib yangiliklar kutmoqda!