07.10.2020 2627

Yil talabasi-2020

Universitetda ta’lim olyapsizmi? Yil talabasi bo‘lmoqchimisiz? Unda “Yil talabasi-2020” Respublika tanlovi sari olg‘a! Tanlov bosqichlari pandemiya davri talablaridan kelib chiqqan holda, masofaviy (onlayn) o‘tkaziladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”

“Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”;

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;

“Yilning eng faol sportchi talabasi”;

“Yilning eng faol ijodkor talabasi”;

“Yilning eng faol bloger talabasi”;

“Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”.

Tanlovning birinchi bosqichi fakultet (oktyabr oyining 1-choragida), ikkinchi bosqichi esa universitet kesimida (oktyabr oyining 2-choragida) o‘tkaziladi. Universitetda g‘olib bo‘lgan talabalar Respublika (dekabr) bosqichida bellashadi.

Tanlovning Respublika bosqichida har bir nominatsiyalar bo‘yicha  1, 2 va 3-o‘rin sovrindorlari bo‘lgan ishtirokchilar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli darajadagi diplomlari bilan taqdirlanadilar.

1-o‘rin sohibiga eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohibiga eng kam ish haqining 8 barobari miqdorida va 3-o‘rin sohibiga eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida pul mukofoti berish tizimi joriy etiladi.

Tanlov uchun quyidagi hujjatlarni fakultetingizdagi dekanatga taqdim etishingiz so‘raladi:

1. Tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, etakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslarda faol ishtiroki,talabalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari va jamoat ishlardagi faoliyati haqida ma’lumotlar, bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;

2. Baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni o‘zlashtirish sinov daftarchasi nusxalari;

3. Ilmiy, ilmiy-uslubiy,ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlari;

4. Faxriy yorliqlar va diplomlar (nusxasi);

5. Grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi;

6. Konferentsiyalarda ishtiroki haqida ma’lumotlar, ilmiy ishlar ro‘yxati va ilmiy ishlar ro‘yxati va ilmiy ishlar nusxalari;

7. Hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlar joriy yil davomida chop etilgan bo‘lishi kerak.

 

Bo'lishmoq: