03.10.2020 1700

Yosh jurnalistlar kadastr xizmatlari haqida

Hurmatli talaba-jurnalistlar! Karantinda masofadan ta’lim olish va ishlash sharoitida sizga “qo‘shimcha gonorar” taklif etamiz. Kadastr agentligi va “Mening Uyim” loyihasi bilan hamkorlik qiling hamda tajriba, daromad va “xalq duosi” ga erishing.

Shartlar:
1. Yashash manzilingizga eng yaqin joylardan uy-joy masalalari, kadastr xizmatlari va sifati, kadastr sohasidagi yangiliklar bo‘yicha materiallar tayyorlash kerak.
2. Jurnalistik materiallar markazida real qahramonlar va ularning muammolari, soha vakillari va mutaxassislar faoliyati, tajribasi, ekspert fikri aks etishi kerak.

Materiallar quyidagi formatlarda qabul qilinadi:
Maqola, mobil reportaj, videomaterial, video yoki audio podkast, intervyu, blis-intervyu.

Tayyorlangan materiallarga gonorar uning dolzarbligi va sifatiga qarab belgilanadi. Gonorar muallifning plastik kartasiga yoki naqd shaklda to‘lanadi. Materiallar ustida ish olib borishda mentorlik va axboriy ko‘mak beriladi.

Materiallar quyidagi manziliga jo‘natilishi zarur: cadastreuz@gmail.com, @uzmeninguyim.

Materialda mualliflik huquqi saqlanib qoladi va to‘lov qilinmagan materiallardan muallifning ruxsatisiz foydalanmaslik kafolatlanadi. Eng faol talaba-jurnalist qo‘shimcha tarzda, yil yakunida Kadastr Agentligi va “Mening Uyim” loyihasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Loyihaga qo‘shilish, ma’lumotlar va savollar yuzasidan cadastreuz@gmail.com, @uzmeninguyim manziliga yozing.

Bo'lishmoq: