11.08.2021 693

Yosh jurnalistlar uchun “Media Camp”

Ish, ish va faqat ishmi?

Yo‘q! Jurnalistlar barcha qatori dam olishlari ham kerak! Buning uchun esa O‘zJOKU o‘z talabalariga ajoyib imkoniyat yaratdi.

16–17–18 avgust kunlari O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar unversiteti o‘z talabalari uchun media oromgoh tashkil qilmoqda.

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Xalqaro press-klub hamda “UzReport TV” bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Media Camp”da talabalar ham dam olishadi ham soha bo‘yicha taniqli mutaxassislardan masterklass darslarini tinglashadi.

Oromgohda universitet talabalari uchun mahorat darslari bilan birgalikda turli seminar-trening mashg‘ulotlari va sport bo‘yicha turli musobaqalar o‘tkazilib, g‘oliblarga maxsus sovrinlar topshirish ham rejalashtirilgan.

Bo'lishmoq: