18.01.2019 1637

Yoshlar ittifoqi yil yakuni sarhisobini oʻz faoliyati raqamlarida berdi...

Bugun Respublika Yoshlar ittifoqi markazi binosida boʻlib oʻtgan "Yil sarhisobi yohud Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati raqamlarda" nomli brifingda ittifoq markaziy kengashi raisi oʻrinbosari Alisher Sadullayev nutq so'zladi.

Raqamlar ko'rsatkichlariga ko'ra uyushmagan yoshlarni bir joyga jamlash, ularning foydali mehnat bilan bandligini ta'minlash, yangi qabul qilingan yoshlarga oid qonunlarni amalda qo'llash va shu kabi bir qator tashkiliy tadbirlar samarasi yuqori sur'atlarda oʻsganini ko'rishimiz mumkin. Mazkur yilda yoshlarga oid 70 ga yaqin normativ-xuquqiy hujjatga oʻzgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Ittifoqning jami 22 000 dan ortiq boshlang'ich tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Xususan, yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish maqsadida "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi yoʻlga qoʻyilib, 6 oy mobaynida 3141 ta biznes loyihaga jami 403,2 mlrd soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit ajratilib, 19 991 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Yil soʻngida "Yoshlar-kelajagimiz" jamgʻarmasidan imtiyozli kredit olib oʻz biznesini yo'lga qo'ygan yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko'rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek oʻtgan yilda 1 ming 66 nafar yosh fermerga 52 mlrd soʻm, yosh tadbirkorlarning 4 ming 300 ta loyihasiga 226,6 mlrd soʻm, jami 278,6 mlrd soʻm 13 foizlik imtiyozli kreditlar ajratilishi ta'minlandi. Mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari hamda imkoniyati cheklangan nogiron 227 nafar talaba yoshlarga oliy ta'lim muassasalarida toʻlov - kontrakt mablag'ining 50 foizgacha miqdorda jami 800 mln soʻm mablag' toʻlab berildi. Bundan tashqari "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 6 ming 634 nafar, turli mehnat yarmarkalari yordamida 8 ming 540 nafar, yoshlar ittifoqiga bevosita murojaat qilgan 24 ming 872 nafar, jami 60 mingdan ortiq yoshlar ishga joylashtirildi. Ittifoq tizimida "2018 yil - yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlarini samarali tashkil etish yili" deb e'lon qilindi. Buning natijasi oʻlaroq hududiy kengashlar qoshida 443 ta "Jasorat" klubi tuzilib, ularda 9 ming 636 nafar muddatli harbiy xizmatdan qaytgan, sport bilan shug'ullanadigan va ichki ishlar organlariga ishga kirish istagida bo'lgan yoshlar a'zolikka qabul qilindi. Yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim sifatida 227 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirokida "Hokim va yoshlar", "Prokuror va yoshlar", "Sud va yoshlar", "Deputat va yoshlar" mavzularida ochiq muloqotlarda 22 000 dan ortiq muammolar hal etildi. Xalqaro aloqalar yo'nalishidagi ishlar ham tizimli yoʻlga qo'yilib, yoshlar delegatsiyalari Xitoy, Germaniya, Rossiya,  Hindiston, Turkiya, Belarus kabi 20 ga yaqin davlatlarga hizmat safariga yuborildi. Bu kabi tashkiliy tadbirlar ko'lami keng. Bugungacha yoshlarga yoʻl ko'rsatib yoʻnaltirish tizimi aniq hujjatlarda qonunlashtirilmagan edi, tobora globallashib borilayotgan paytda chetga oʻqishga chiqayotgan yoshlar oʻz huquqlarini toʻlaqonli bilishi va himoya qila olishi bizning yetakchi maqsadlarimizdan biridir-deya oʻz ma'ruzasini yakunladi Alisher Sadullayev. 

Shuningdek telegram kanalimiz orqali siz brifing soʻngida OʻzJOKU talabasi Gʻulomjonova Oysanamning yoshlar iitifoqi markaziy kengashi raisi o'rinbosari Alisher Sadullayevdan olgan qisqacha debyut intervyusini tinglashingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring!
Facebook: @uzjoku
Telegram: @uzjoku_uz
Instagram: @uzjoku.uz

Bo'lishmoq: