16.02.2021 1475

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi

Bugun O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Bunday tadbirlar odatda tomoshabinlarda zerikish va mayuz yuzlar holati aks etishiga o‘rganib qolganmiz. Ammo noodatiy yondashuv bilan talabalar tomonidan tashkil etilgan tadbir o‘zgacha muhitni vujudga keltirdi.
Ijod to‘lqinida teatrlashtirilgan spektakllarni, shanson chiqishlarni, allaqachon sevimli QVZ jamoasi chiqishlari yoshlar, talabalar va o‘qituvchilar qalbida iliq va unutilmas taassurot qoldirdi.
Universitet rektori Sherzodxon QUDRATXO‘JA talabalar bilan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: “So‘z - bu kalit. Bir og‘izdan ham “SEN”, ham “SIZ” chiqadi, bizning qurolimiz aynan SO‘Z. Nafaqat tariximiz bilan faxrlanish, balki biz hozir Zahriddin Muhammad Bobur singari buyuk shaxsni yodga olib eslaganimizdek, bizning avlodlarimiz ham bizning ismlarimizni yod etishlari uchun hamma narsani qilaylik".
 
Bo'lishmoq: