16.02.2022 424

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlangan tabdir bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha O‘zJOKUda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlangan “BOBUR ISHQI” nomli tabdir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet Bosma OAV fakulteti dekani - Akbar Nurmatov ochib berdi. Tadbirda: “O’zbekiston tarixi” telekanali direktori - Shuxrat Hayitov, filologiya fanlari doktori - Dilafruz Muhammadiyeva, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ijrochiligi bo‘yicha Respublika tanlovi g‘olibi - Abbosjon G‘apporovlar ham ishtirok etdilar.

Tabdir universitetning “Teleradio va xalqaro jurnalistikasi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu kafedra o‘qituvchisi - “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori Uljamol Xonnayeva hamda Teleradio jurnalistikasi yo‘nalishi 1-bosqich talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.

Tadbir yakunida universitet Axborot-resurs markazi jamoasi mumtoz adabiyotimiz, tariximizga oid kitoblar to‘plamlarini namoyish etishdi.

Bo'lishmoq: