14.04.2023 412

“Zamonamiz qizlari” tanlovining fakultet bosqichi yakunlandi

Bugun “Zamonamiz qizlari” ko‘rik tanlovining fakultet bosqichini Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakulteti yakunlab berdi.

Fakultet qizlari tanlovda 3 shart bo‘yicha bellashdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:
Universitet bosqichi finaliga yo‘llanmani Teleradio jurnalistika yo‘nalishi talabalari qo‘lga kiritishdi.
1-o‘rinni Sayohat jurnalistikasi yo‘nalishi talabalari;
2-o‘rinni San’at jurnalistika yo‘nalishi talabalari;
3-o‘rinni Xalqaro jurnalistika talabalari.

— Men juda ham xursandman. Shunaqangi kungandim 1-o‘rinni olishimizni. To‘g‘ri, do‘stlik g‘alaba qozondi. Lekin, oxirida o‘rinlarimizni e’lon qildilar. Har bitta shartdan keyin ballarimizni aytgandan so‘ng sanab o‘tirdim. Hisoblashda matematikadan u darajada bilmayman. Lekin shunday boshim ishlab ketdi. Bundan ortiq zo‘r bayram bo‘lishi mumkin emas.

Sayohat jurnalistikasi yo‘nalishi jamoa a’zosi Rahimberdiyeva Elinur

Izoh: Ballar ketma-ketligida tushunmovchiliklar sababli oydinlik kiritilib, postda o‘zgarishlar kiritildi. Yuzaga kelgan muammo uchun uzr so‘raymiz.

Bo'lishmoq: