Avvalgi hafta bayram munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar sababli, juda shiddatli va yodda qolarli tarzda o‘tdi. Marosimlar orasida 25-iyun O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy mass-medianing dolzarb muammolari” mavzusida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi alohida ahamiyatli bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja, O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, “Yangi O‘zbekiston”, “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov, O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi multimedia markazi rahbari Bobur Аlixonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev, “Oila davrasida” gazetasi bosh muharriri Xusniddin Berdiev va boshqalar soʼzga chiqib, mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
Konferentsiya yakunida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.