Ayni daqiqalarda Milliy matbuot markazida "Zamonaviy mass-medianing dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Xalqaro press-klub raisi, O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mulьtimedia markazi rahbari Bobur Alixonov, AOKA direktori o‘rinbosari Dilshod Saidjonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev, “Oila davrasida” gazetasi bosh muharriri Husniddin Berdiev va boshqa taniqli jurnalistlar ishtirok etishmoqda.