21.09.2023 870

“Zarra” ilmiy-amaliy laboratoriyasi hamda “Tiflomedia” audio jurnalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining “Zarra” vizual tadqiqotlar va multimediyaviy loyihalar ilmiy-amaliy laboratoriyasi hamda “Tiflomedia” audio jurnalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dunyo hamjamiyatida axborot uzatish 2 xil usulda amalga oshirilmoqda: uzun matnlarni o‘qishni istamaydigan auditoriya uchun qisqa satrlardan iborat materiallar hamda multimedia vositalari yordamida yirik hajmli matnni ham qiziqarli qilib uzatish tendensiyasi mavjud.

Ularning qay biri samaraliroq ekanligi haqida universitet katta o‘qituvchisi Gulnoza Najmiddinova to‘xtalib o‘tdi hamda “Zarra” laboratoriyasining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, vazifalari haqida ham ma’lumot berdi. Bugungi kunga qadar media laboratoriya tomonidan 3 material tayyorlandi va “Oyina.uz” portalida e’lon qilindi.

Undan so‘ng bugungi kunga qadar 2 ta soni e’lon qilingan va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z materiallarini faol targ‘ib qilishga ulgurgan “Tiflomedia” audio jurnalining tadqimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni jurnal bosh muharriri, universitet tayanch doktorantlari Ozod Qurbonov va Iroda Nasimova tomonidan amalga oshirildi. Tadbirda Internet jurnalistikasi va mediamenejment fakulteti talabalari va universitet tayanch doktorantlari ishtirok etdi.

Bo'lishmoq: