17.10.2020 858

Zoom platformasidagi navbatdagi uchrashuv

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari orasida Zoom platformasi orqali “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-629-son Qonuni va “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-son Prezident Farmonining mazmun-mohiyati mavzusida o‘tkazilgan video muloqoti suhbati yuzasidan bayoni.

Qatnashdilar:
1. Axmadov Oybek Otabekovich - Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i.

2. Atovulloev Rustam Ilyos o‘g‘li - Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bosh yuristkonsulti.

3. Muratova Nozima Faxritdinova - Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor.

4. Eshonkulova Nafisa Nazar qizi - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti yuristkonsulti.

5. Turaeva Laylo Oybekovna – Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i.

6. Xodjiniezova Naima Shavkatovna  - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti  Xodimlar bo‘limi boshlig‘i.

7. Fayzullaeva Xilola Fayzullaevna - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti katta o‘qituvchisi.

8. O‘zJOKU dekanlari va 2,3-bosqich talabalari.

KUN TARTIBI:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020-yil

11-avgustdagi 8/5-1335/8-sonli xatining ijrosi.

Eshitildi: Universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Muratova - hurmatli video muloqotimiz ishtirokchilari bugungi video muloqotimiz mavzusi hammangizga ma’lum joriy yilning 22-iyunida imzolangan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 6012-sonli Prezident Farmoni mazmun-mohiyatini va “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar muhokamasini qilamiz. Bugungi kun tartibimizga  3 ta savol muxokamasi qo‘yilgan:

1. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining dolzarbligi va ahamiyati.

2. Milliy strategiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iboratligi.

3. Ushbu o‘ta salmoqli va qamrovdor vazifalarni to‘liq hamda o‘z vaqtidabajarishning aniq mexanizmlari. Universitet yuristkonsulti N.Eshonkulova: O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun bilan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeks 197⁵-modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, ta’lim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan. Bunday huquqbuzarlik uchun fuqarolarga 1 mln 115 ming so‘mdan 2 mln 230 ming, mansabdor shaxslarga  1 mln 561 ming so‘mdan 3 mln 345 ming so‘mgacha jarima qo‘llanishi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik sodir etilganda ta’lim muassasasining pedagog xodimi ma’muriy bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda boshqa zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega. Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo‘l bergan haydovchilar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto-va videoqayd etish maxsus texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma’muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish tugatiladi. Transport vositalarining to‘siqsiz o‘tib ketishiga halaqit berish bir yil davomida takror sodir etilsa, 5 mln 575 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilishi mumkin (amalda 4 mln 460 ming so‘m edi). Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Ikkinchi mavzumiz yuzasidan mutaxassisimizga so‘z berildi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Axmadov - Farmon haqida so‘z borganda, avvallambor davlatimiz rahbari boshchiligida butun xalqimiz yangi O‘zbekistonni bunyod etish uchun shiddatli va qamrovdor islohotlarni amalga oshirayotganiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Tizimli islohotlar talabi, jumladan, mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish masalasi ilgor surilib biz uchun judayam katta bir yangiliklardan biri Joriy yilning 13-oktyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston Respublikasi  BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi. BMT Yangiliklar markazi ma’lumotiga ko‘ra, quyidagi 15 davlat 2021-yil 1-yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi a’zoligiga saylangan: Boliviya, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Gabon, Kuba, Frantsiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, Rossiya. Senegal, Ukraina, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya. BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 47 ta davlat a’zodir. Kengash a’zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Farmon bilan O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalari normalarini bajarish yuzasidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini bajarishga to‘sqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish asosiy yo‘nalishlardan biridir.Mazkur video muloqot chog‘ida mavzu yuzasidan o‘z fikirlari bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bosh yuristkonsulti R.Atovulloev davom etdi - Farmon bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Milliy strategiyaning maqsadi  – O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab olish hisoblanadi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi Milliy strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi yuzasidan muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan mas’ul ijrochilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi.  Farmon bilan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Ko‘krak nishoni inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topshiriladi. Shuningdek, har ikki yilda yuqori saviyada hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari va faxriy mehmonlar ishtirokida Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi o‘tkaziladi.Xulosa qilib farmonda ta’kidlanganidek, "Inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqeyi yaxshilanishiga xizmat qiladi". Uchrashuv so‘ngida talabalar bilan savol-javoblar samimiy suhbatga aylandi.


Video muloqot raisi: Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor - N.Muratova  
Moderator: Yuristkonsult - N.Eshonkulova

Bo'lishmoq: