02.12.2022 241

“Zo‘ravonlikka qarshi birga kurashamiz” mavzusida tanlov o‘tkazildi

O‘zJOKU “My Sweet home” da istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida kuni kecha “Zo‘ravonlikka qarshi birga kurashamiz” mavzusida tanlov o‘tkazildi.

Tanlov “Zo‘ravonlikka qarshi birga kurashamiz” mavzusida tashkil etilib, unda “Rektorning qizlari”, “Besh qadam” va “Kelajak Liderlari” guruhlari do‘stona bellashdilar. Ayniqsa, yigitlarning ushbu mavzudagi chiqishlari, ayollar va qizlar himoyasiga bag‘ishlangan g‘oyalari auditoriyada o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Tanlov yakunida natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Besh qadam”
2-o‘rin — “Kelajak Liderlari”
3-o‘rin — “Rektorning qizlari” jamoalariga nasib etdi.

Bo'lishmoq: