29.08.2021 917

“Zulfiya” davlat mukofoti muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 3-kurs talabasi Umida Sulaymonova 2021-yilning 27-avgustida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatidagi yangi ishlab chiqarish komplekslarining tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga mamlakatimizda yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar uchun o’z minnatdorligini bildirib, tadbirda yig‘ilganlarning e’tibori va mehrini qozongan edi.

Tadbirning ertasiga esa talabamiz Umida Sulaymonova O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 27-avgustdagi PF-6305-sonli Farmoniga muvofiq “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Mukofotni talabamizga 28-avgust kuni Navoiy viloyati hokimi mamlakatimiz rahbari nomidan tantanali ravishda topshirdi.

Umida Sulaymonovaning 2014-yilda “Dil izhorim”, 2015-yilda “Zulfiya ayamga o‘xshasam deyman”, 2017-yilda “Diyorim-iftixorim” she’rlar to‘plamlari nashrdan chiqqan.

“Marifat”, “Vatanparvar”, “Bolalar sporti”, “Vaziyat” “Postda”, “Tong yulduzi” kabi ko‘plab respublika nashrlari hamda viloyat, tuman gazetalarida ko‘plab maqolalari, she’rlari muntazam chop etib kelinadi.

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi talabamiz Umida Sulaymonovani ushbu yuksak e’tirof bilan chin dildan qutlab, unga kelajakda yetuk jurnalist va Zulfiyaxonimga munosib izdosh bo’lishini tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: