04.03.2021 784

Zulfiyaxonim tavvalud topgan kun: viloyatga ziyorat

Bahor faslining ilk kuni va ushbu kunda betakror satrlarga, mehr to‘la qalbga ega bo‘lgan, o‘zbek xotin-qizlarining baxtli taqdiri, mehnatkash insonlarning orzularini o‘zining hayotbaxsh she'rlarida tarannum eta bilgan shoira, jurnalist Zulfiyaxonim tavallud topgan. O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi Jizzax viloyatida Zulfiyaxonim tavalludining 106 yilligi katta ko‘tarinki ruhda o‘tganini guvohi bo'lib kelishdi.  

Dastlab, Hamid Olimjon va Zulfiya haykali poyiga gullar qo‘yildi. Keyin esa, Jizzax madaniyat saroyida shoiraning hayot va ijod yo‘lini aks ettiruvchi turli sahna ko‘rinshlari,ajoyib kuy-qo‘shiqlar barcha tashrif buyurgan mehmonlarga manzur bo‘ldi.  

Tadbir yakunida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktabga yo‘l olindi. U yerga maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi jurnalistika sohasiga qiziqishar, bir qo‘yib biri to‘xtamasdan savollar bera boshlashdi. 

Universitet jamoasi katta taassurotlar bilan qaytdishdi. Ming marta gapirgandan ko‘ra, xotiraga muhrlangan suratlarni tomosha qiling.

Bo'lishmoq: