Bugun O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari bilan suxbat uyushtirdik. Ular bilan o'zbek jurnalistikasi kamchilik va yutuqlari, xabar yozish, sarlavha tanlash, intervyu olish mavzularida gaplashdik. Talabalar ancha teran. Savollar ham ancha zalvorli va murakkab bo'ldi. E'tiborli jihati talabalar hozirgi saylov jarayonlariga befarq emas. Juda qiziqishyapti. Uchrashuvning ikkinchi qismida universitet rektori Sherzod aka Qudratxo'jaev ishtirokida talabalar bilan fikr mulohazalar almashdik. Juda sermahsul kun bo'ldi bugun. Taklif uchun raxmat. Aytgancha, uchrashuvning so'nggida Milliy Tiklanish gazetasining bugungi sonidagi kaminaga bag'ishlangan sahifasiga dastxat qo'yib berishimni so'rashdi. Yo'q demadim). Buyuk shoirimiz Abdulla Oripov va tajribali jurnalist, metr Quddus A'zamlar bilan bir sahifada yonma yon turganimdan boshim ko'kka etdi.