Jurnalistika sohasida talabalarning nozik didi, madaniy-ma’rifiy salohiyati va san’at borasidagi bilimlarini shakllantirish, ijodiy qarashlarini oshirish maqsadida “San’at jurnalistikasi” ta’lim yo‘nalishi tashkil qilindi. Bu tarmoqda 36 nafar talaba tahsil oladi. Ular “San’at jurnalistikasida janrlar”, “Boshlovchi nutq texnikasi va mahorati”, “Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti”, “San’at jurnalistikasi internet tizimida (Art-bloging), “Tasviriy san’at”, “Musiqa san’ati”, “Xalq ijodiyoti, folklor va etnografiya”, “San’at jurnalistikasi tizimida tanqid va tahlil”, “San’at jurnalistikasida psixоlogiya”, “Xоreografiya san’ati”, “San’at jurnalistikasida manupulyativ usullar”, “Muzeyshunoslik”, “Moda industuriyasi va fashion jurnalistika” , “Ssenariy yozish mahorati”, “Madaniyatlararo muloqot”, “San’at jurnalistikasida mediamahsulot yaratish” fanlari bo‘yicha tahsil olishadi. Talabalarga respublikada eng ko‘zga ko‘ringan professor-o‘qituvchilar Abduvahob Qodirov, Saida Agzamxodjayeva, Yulduz Zohidova, Mohinur Axmetjanova, Shaxnoza Isroilova, Dilorom Abdullayevalar dars berishadi.
Kafedra mudiri v.v.b.: Yulduz Zohidova Qobilovna
O‘qituvchilar: Abduvahob Qodirov, Saida Agzamxodjayeva, Yulduz Zohidova, Mohinur Axmetjanova, Shaxnoza Isroilova, Dilorom Abdullayeva