Siyosatshunoslik

Siyosatshunoslik yo’nalishi: Ushbu yo‘nalishda 196 nafar talaba tahsil oladi. Siyosatshunoslik  yo‘nalishda zamonaviy ijtimoiy-siyosiy muammolar va siyosiy jarayonlarni o‘rganish, kuzatib borish, ularning rivojlanish tendensiyalarini baholash va tanqidiy tahlil etish, siyosatshunoslik va siyosat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni, davlat siyosatining o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi anglash hamda ularning to‘g‘ri talqin etilishini ta’minlash, siyosiy jarayonlarni tizimli o‘rganish, ularni solishtirish orqali qiyosiy tahlil qilish, ularning istiqboldagi holati bo‘yicha takliflarni shakllantirish, bu boradagi amaliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish bo`yicha talabalarga ta`lim beriladi. Siyosatshunoslik yo‘nalishiga quyidagi fanlar bo`yicha dars professor va malakaviy o‘qituvchilar tomonidan o`tiladi. Ular: “Geosiyosat”, “O`zbekistonnimng ichki va tashqi siyosati”, “Siyosiy texnologiyalar”, “Siyosiy antropologiya”, “O`zbekiston davlatchiligi tarixi”, “Jadidlar milliy g`oyalari”; Muqimjon Qirg’izboyev, Xikmatov Fatxulla, G’aniyev Akbar, Xaitov Ulug’bek.   Kafedra ilmiy salohiyati 70 % ni  tashkil etadi.