Sotsiologiya yo’nalishi: Ushbu yo‘nalishda 22 talaba tahsil oladi. Sotsiologiya yo`nalishi talabalari jamiyat ijtimoiy hayoti, uning sotsial strukturasi, shuningdek, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning faoliyati, turli sotsial voqealar, jarayonlar hamda kishilarning sotsial xulq-atvori qonuniyatlarini butun bir ijtimoiy murakkab tizim sifatida qamrab olib, o‘ziniig konkret empirik metodlari asosida ularni nazariy va amaliy jihatlarda tadqiq etadi. Mazkur yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, jamoatchilik fikrini o‘rganish markazlari, ommaviy axborot vositalari, davlat hokimiyat organlari, xuquqni muhofaza qilish organlari, siyosiy partiyalar, marketing va konsalting xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy ta’minot, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ta’limining davlat va nodavlat muassasalarida yo‘nalishga doir masalalarni yechish majmuini qamrab oladi.
Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.