Xalqaro jurnalistika

“Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo‘nalishida 201 nafar talaba tahsil oladi. Ular “Xalqaro jurnalistikada janrlar”, “Boshlovchi nutq texnikasi va mahorati”, “Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti”, “Xalqaro jurnalistikada publitsistika va dokumentalistika”, “Xalqaro jurnalistika tizimi”, “Xalqaro ishbilarmon jurnalistikasi”, “Jonli efirda ishlash mahorati”, “Yangiliklar dasturini tayyorlash”, “Xalqaro jurnalistikada manipulativ usullar”, “Jurnalistika sohasida prodyesserlik”, “Jurnalistikaning yangi trendlari”, “Zamonaviy xalqaro televideniyе”, “Ssenariy yozish mahorati”, “Ekstremal vaziyatlarda jurnalist xavfsizlgi”, “Madaniyatlararo muloqot”, “Xalqaro global kommunikatsiya” fanlari bo‘yicha tahsil olishadi. Тalabalarga Fayzullа Mo‘minov, Yulduz Zohidova, Bobur Alixonov, Farrux Olimov, Gulruh Ne’matova, Munira Zayniddinova, Dilshod Bo’riyev kabi mohir professor-o‘qituvchilar dars berishadi. Talabalar ta’lim olish bilan birga turli ommaviy axborot vositalarida, xususan, “O‘zbekiston”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Dunyo bo‘ylab” telekanallari, “Ma’rifat”, “Darakchi”, “Yoshlar ovozi” gazetalarida amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar. Juda ham bir qiziq yo‘nalish bo‘lgan holda, ko‘p abituriyentlar e’tiborini o‘ziga tortmoqda.


Kafedra mudiri v.v.b.: Yulduz Zohidova Qobilovna
O‘qituvchilar: Fayzullа Mo‘minov, Yulduz Zohidova, Bobur Alixonov, Farrux Olimov, Gulruh Ne’matova, Munira Zayniddinova, Dilshod Bo’riyev.