Ilmiy va innovatsion faoliyat

Doniyorov Salim Musurmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediakonvergentsiya sharoitida gazetalar tahririyatlari rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari (O‘zbekiston misolida, 2010 yildan keyingi davr)”, 10.00.09–Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil 251.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.30.08.2018.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nishonova Gulnora Usmonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston bosma ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi va nashrlarning amaliyotga samarali tatbiq etishga tayyorligi darajasini mediakonvergentsiya sharoitida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mediakonvergentsiyaning tadrijiy taraqqiyotida G‘arb ko‘proq universallashuv va ijodiy xilma-xillikka, Sharq esa an’analar va urf-odatlarga tayanishi konkret misollarda ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
konvergent tahririyatlarning bugungi kunda shakllanish jarayonlari retrospektiv tahlil va identifikatsiya qilingan;
O‘zbekiston media muhitida konvergent tahririyatni samarali shakllantirish va rivojlantirishning asosiy modellari, uning tuzilmaviy xususiyatlari ishlab chiqilgan;
mediakonvergentsiya sharoitida OAVning shakli, uslubi va mazmunini taqdim etishga doir asosiy talablar shakllantirilgan;
«yangi media» auditoriyasi uchun raqobatlasha oladigan «universal jurnalist»ga oid eng muhim professional tavsiya va talablar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mediakonvergentsiya sharoitida gazetalar tahririyatlari rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
O‘zbekistonda konvergent tahririyatni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tahlillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pravda Vostoka» gazetasi tahririyati tomonidan keng foydalanilgan (2019 yilning 18 yanvar sanasidagi 19-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan joriy etish dalolatnomasi). Natijada «yangi media» auditoriyasi uchun raqobatlasha oladigan «universal jurnalist» tayyorlash ishlarining yo‘lga qo‘yilishi hamda nashrning veb-sayti (http://pv.uz) to‘liq yangilanishiga xizmat qilgan;
konvergent OAV auditoriyasining axborot ehtiyojlari, nashrlar o‘quvchilari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati va Vazirlar Mahkamasining «Xalq so‘zi» va «Narodnoe slovo» gazetalari tahririyati tomonidan foydalanilgan (Xalq So‘zi gazetasi tahririyatining 2019 yil 5 apreldagi 92-son ma’lumotnomasi). Natijada gazetalar veb-saytlari (http://xs.uz va http://narodnoeslovo.uz) yangilanishiga va tahririyat jurnalistlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarning yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilgan;
konvergent tahririyatlarning shakllanish jarayonlari bo‘yicha tahlillardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Senati va Vazirlar Mahkamasining «Ovozi toҷik» gazetasi jurnalistlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish va nashr veb-saytini (http:// ovozitojik.uz) ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Vazirlar mahkamasi Ovozi toҷik gazetasi tahririyatining 2017 yil 11 sentyabrdagi 85-son xati). Natijada xodimlarning texnik va kommunikativ vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qilgan;
Konvergentsiya sharoitida ommaviy axborot vositalarining shakli, uslubi va mazmunini taqdim etishga doir asosiy talablarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan ilmiy-amaliy manba sifatida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2018 yil 24 sentyabrdagi 01/414-1-son ma’lumotnomasi). Natijada institut tomonidan jurnalistlar faoliyatining ijodiy va texnik cheksizligini o‘rganish hamda ularning yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ijtimoiy tarmoqlarda ish yuritishda samaradorlikka erishishga doir ishlarning yo‘lga qo‘yishiliga xizmat qilgan.


Yunusov Mansur Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik davrida O‘zbekistonda bolalar jurnalistikasining taraqqiyoti: yutuqlar, muammolar va echimlar”  (bosma nashrlar misolida), 10.00.09–Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fil 380.
Ilmiy rahbar: Do‘stmuxammedov Xurshid Nabievich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.30.08.2018.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtar, filologiya fanlari doktori, professor; Saidov Halim Omonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda bolalar jurnalistikasining shakllanishi, taraqqiyoti va rivojlanish tendentsiyalari hamda jahon va milliy tajriba asosida qiyosiy-tipologik ochib berish hamda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar nashrlari tipologik xususiyatlarining tavsifi amalga oshirilib,  bolalar matbuoti tipologiyasiga doir bolalar yoshiga oid yangi nazariy qarashlar ishlab chiqildi;
bolalar nashrlarining mazmuni, yoshga oid faoliyati tamoyillari, mazmuniy shakl va ta’sirchanlik usullarining tarixiy evolyutsiyasi ko‘rsatib berildi;
bolalar matbuotining  mediata’limidagi  o‘rni va ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilib, yosh avlodning mafkuraviy immunitetini bolalarga bag‘ishlangan tarbiyaviy materiallar orqali shakllantirish va mustahkamlashdagi imkoniyatlari ochib berildi;
bolalar nashrlarining Internet saytlaridagi yangilanish tendentsiyalari va muammolari aniqlangan;
bolalar nashrlarining global axborot makonida raqobatbardosh mediakorxonaga aylanishining zamonaviy usullari va rivojlanish mexanizmlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda bolalar jurnalistikasining taraqqiyot: yutuqlar, muammolar va echimlar tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
O‘zbek jurnalistikasining bolalar jurnalistikasining umumiy, ilmiy-nazariy tarixini yoritish, shu yo‘nalishda yangi tadqiqotlarni amalga oshirishda qo‘l keladi va shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Ommaviy axborot vositalari, xususan bolalar  nashrlarining faoliyatini yanada yaxshilash, ular ishini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘tkazib kelinayotgan amaliy-o‘quv seminarlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yil 18 iyundagi 06-1918-son ma’lumotnomasi). Mazkur natija bolalar nashrida faoliyat olib borayotgan jurnalistlarining amaliy-kasbiy malakasini oshirishda hamda tahliliy materiallar tayyorlash yordam bergan hamda bolalar nashrlari xilma-xil mavzu ko‘lami, mualliflarning tahliliy va badiiy-publitsistik janrlari hamda mediasavodxonlik muammolari aniqlashda foydalanilgan;
bolalar jurnalistikasi faoliyatining rivojlanish strategiyasi yuzasidan olingan natijalardan, sohaga oid olib boriladigan bolalar jurnalistikasi va matbuot yo‘nalishidagi turli xil ishlarni ilmiy bilimlar bilan boyishi hamda soha vakillari uchun kasbiy faoliyatini ilmiy-metodik ta’minotini kuchayishiga xizmat qilgan (O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2019 yil 14 iyundagi 15/244-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarga ixtisoslashgan gazeta va jurnallarning yoshga oid turlari mavjudligi, bolalarga oid materiallar mazmuni va auditoriyasi aniqlangan, bu esa bolalar matbuoti sahifalarini bugungi davr talabiga mos zamonaviy  boyitilishiga imkon bergan;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yilning II yarim yiliga mo‘ljallangan ish rejasining 2017 yil 5 iyulь 01-03/9-sonli 3-ilovasiga muvofiq yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularni kasbga yo‘naltirishning turli modellarini ishlab chiqish maqsadida “Aniq, maqsadli yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash – davr talabi” (23-band); “Yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan hamda milliy an’ana va qadriyatlarimizni ulug‘lashni targ‘ib qiluvchi ijtimoiy videoroliklarni yaratish va ularning keng namoyishini tashkil qilish” (106-band) bandlarini amalga oshirishda dissertatsiyaning bolalar nashrlari tajribasi “Kamalak” yoshlar tashkiloti ishlarida, ularning ijtimoiy-falsafiy mohiyati, bolalar dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga doir g‘oya va fikrlaridan foydalangan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019 yil 21 fevraldagi 04-13/845-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan bolalar matbuoti va mediata’limning yosh avlodni turli axborot xurujlaridan muhofaza qiluvchi ma’naviy himoya vositasi sifatidagi rolini yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlari, seminarlari va treninglarida keng foydalanib kelinmoqda;  
bolalar matbuotining mediata’limidagi  o‘rni va ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilib, yosh avlodning mafkuraviy immunitetini bolalarga bag‘ishlangan tarbiyaviy materiallar orqali shakllantirish va mustahkamlashga oid fikrlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yillik ish rejalarida foydalanilgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 20 iyundagi 01-03-12/687-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar matbuoti bo‘yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minoti kuchayishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Madaniy-ma’rifiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tashkil etilgan “Ta’lim va dunyo”, “Diydolik”, “Adabiy jarayon” va “Millat va ma’naviyat” kabi eshittirishlarida mamlakatimizda bolalar matbuotining soni va sifatini yaxshilash bugungi kunda jurnalistika sohasida hal etilishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalardan biri ekanligi asoslantirib o‘tilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2019 yil 22 fevraldagi O‘z/q-1-31-son ma’lumotnomasi). Ushbu chiqishlar mazkur eshittirishlar salohiyatini oshishiga xizmat qilmoqda; 
O‘zbekiston bolalar jurnalistikasini o‘rganish jarayonida bolalarning yoshiga qarab toifalarga bo‘linga va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun ham chop etilayotgan nashrlar va ulardagi asarlarning alohida ijod turi sifatida shakllanishi, ularning bosma nashrlarda keng yoritilish uslublari tahlil qilinganlik darajasi ham Maktabgacha ta’lim vazirligining ish rejasi va olib borayotgan ishlari misolida tatbiq qilingan hamda takliflar berilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 17 iyundagi 03-01/1-1725-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh toifasiga oid (3-7 yosh)  bolalar uchun nashrlar tayyorlash takliflari kiritilgan.