Qabul jarayoniga oid savol-javoblar

Savol: Assalomu alaykum sizga o‘zimni va boshqa abituriyentlarni qiynagan savol bilan murojaat qilmoqchiman.

  1. Jurnalistikada bitta abituriyent 3 ta yo'nalish bo'yicha hujjat topshira olishi mumkinligi haqida eshitganimda, juda ham xursand bo’ldim. Lekin xalqaro jurnalistika yo’nalishiga hujjat topshirgan abituryient 2-yo'nalish sifatida sport jurnakistikasi yo’nalishini tanladi deylik, u xalqaro jurnakistika yo’nalishiga bali yetmagani tufayli sport jurnalistikasi yo’nalishiga qabul qilindi. Buni qanday biladi? Ajratilgan kvotalarga ta'sir qiladimi yoki ajratilgan kvotadan tashqarimi?
  2. Misol uchun dugonam xalqaro jurnalist bo'lmoqchi, sport jurnalistikasiga umuman qiziqishi yo'q. Lekin bir tarafda sport jurnalistikasiga tayyorlanib yurgan abituryientlar ham bor. Xalqaro jurnakistika yo’nalishiga bali yetmay, sport jurnakistikasi yo’nalishiga yoki boshqa yo'nalishga qiziqmay turib, yordam bo’ldida deydiganlar kelajakda qanday qilib o'z kasbining fidokori bo'ladi, deb ayta olamiz?

Iltimos savolim e'tiborizdan chetda qolmaydi, degan umiddaman.

Javob:

1. Sport jurnalistikasi yo’nalishiga 25 ta kvota ajratilgan va Xalqaro jurnalstika yo’nalishiga kira olmagan abituriyent berilgan kvota asosida o’qishga qabul qilinadi. 

2. O'zJOKUda xalqaro jurnalistika va sport jurnalistikasi yo’nalishlaridan tashqari yo’nalishlar mavjud bo’lib, bir-biriga yaqin yo’nalishlarni tanlashni maslahat beramiz.

 

  • Savol: Ijodiy imtihonlar Toshkent shahrida  o'tkaziladimi yoki test imtihonlari kabi  viloyatlarda ham o’tkazilishi ta’minlanadimi?
  • Javob: Ijodiy imtihonlar Toshkent shahrida, universitet hududida o’tkaziladi.

 

  • Savol: Jurnalistika universitetiga hujjat topshirganimizdan so’ng, boshqa universitetlarga hujjat topshirish imkoni yo’qligini aytishdi. Nima uchun biz boshqa oliygohlarga hujjat topshirish imkoniyatiga ega emasmiz.
  • Javob: Jurnalistika universitetining shifri boshqa universitet shifriga to’g’ri kelamaganligi va ijodiy imtihonlar mavjudligi sababli abituriyentlar hujjatlarni jurnalistika universitetining xohlagan 3 ta yo’nalishiga topshirishlari mumkin. Bizda faqat bir yo'nalish mavjudki, Mediamarketing va reklama yo’nalishi jurnalistika faoliyat turlariga kirmaydi va shifr boshqa oliygohlarga ham to'g'ri keladi. Ushbu yo'nalishda ijodiy imtihonlar mavjud emas va siz abituriyentlar boshqa universitetlarga topshirish imkoniyatiga egasiz

 

  • Savol: Onlayn xujjat topshirish mumkinmi
  • Javob: Yo'q. Kerakli hujjatlar (pasport , diplom yoki attestat) bilan kelishingiz yoki hududlardagi joylarga borib topshirishingiz kerak.

 

  • Savol: Imtihonlar qachon boshlanadi

        Javob: Imtohonlar kunini va vaqtini aniqlash aniqlash uchun 95 4755151 ga qo'ng'iroq qilishingiz va uzjoku.uz saytidan ma'lumot olishingiz mumkin.

 

  • Savol: Assalomu alekum jurnalistika universitetiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan boladi?
  • Javob: Assalomu alaykum. 7 ta yo'nalishda ( Bosma OAV, Teleradio jurnalistika, Axborot xizmati va PR, Sport jurnalistikasi, Xalqaro jurnalistika, Internet jurnalistika va Xarbiy jurnalistika) ona-tili va adabiyot, ingliz tilidan test bo'ladi. Shuningdek, ijodiy imtihonlar (og'zaki va yozma) mavjud. Faqat ikkita yo'nalish Mediadizayn, Mediamarketing yo'nalishida matematika fani ham mavjud. To'liq ma'lumotni 95755151 yoku uzjoku.uz dan olishingiz mumkin.