09.09.2021 137

Go‘liblar taqdirlandi

Xabaringiz bor O‘zJOKU talabalari orasida Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy ishlar va videomateriallar tanlovi e‘lon qilingan edi. Tanlov natijalariga ko‘ra o‘qishning ilk kunida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Natijalarga ko‘ra:

Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi internet materiali nominatsiyasi uchun – Iroda Jurayeva;

Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi matbuot materiali nominatsiyasi uchun - Umida Sulaymanova;

Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi Televideniye materiali nominatsiyasi uchun - Nafosat Davlatova;

Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi radio materiali nominatsiyasi uchun - Sevara Xusniddinova;

Olimpiyada o‘yinlarini yoritish bo‘yicha eng yaxshi sport materiali nominatsiyasi uchun - Abdubosit Valixanov;

Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi siyosiy materiali nominatsiyasi uchun - Umid Pirboyev;

Islohotlar natijalari bo‘yicha eng yaxshi Xalqaro ilmiy maqola nominatsiyasi uchun – Risolat Maxsimova

1 500 000 (bir yarim million) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan;

Eng yaxshi videomaterial:

1 - o‘rin Madina Ochilova – 2 000 000 (ikki million) so‘m;

2 - o‘rin Eshmurodov Aziz – 1 500 000 (bir yarim million) so‘m;

3 - o‘rin Ergashev Asror – 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, avgust oyida Media Campda talabalar uchun o‘tkazilgan tanlovda taqdirlangan g‘oliblarga ham qimmatli sovg‘alar topshirildi.

Har ikki tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz va faoliyatlarida yanada yuksak parvozlar tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: